Xiaomi kompaniyasi Google bilan hamkorlikda shu yilning 5 sentyabrida hamyonbop, shu bilan birga, kuchli kameraga ega bo‘lgan Xiaomi Mi A1 smartfonini taqdim qilgan edi. Android One hamyonbop devayslar oilasining ilk vakili Google'ning "toza" Android operatsion tizimida ishlashi bilan ham o‘ziga xos. Shuningdek, metall korpus, iPhone 7 Plus'niki kabi qo‘sh sensorli va ilg‘or kamera, samarali Snapdragon 625 protsessori bilan diqqatga sazovor.
5.5 dyuymli Full HD ekranga ega Xiaomi Mi A1'ning eng arzoni (4+64 GB talqini) Xitoyda 12 sentyabrdan 240 AQSh dollaridan sotuvga chiqarilgan edi. Shundan so‘ng, bu gadjet kompaniyaning rasmiy do‘konlari tomonidan birinchilardan bo‘lib Rossiyadagi xaridorlarga ham yetkazib berila boshlandi. Eng ahamiyatli jihati shundaki, smartfon Rossiyaga 240 AQSh dollari evaziga yetib boradi. Ya’ni, Xitoy va Hindistondagi narx bilan bir xil! Aniqrog‘i, yetkazib berish uchun haq olinmaydi.
Aytish joizki, "Malika"da mazkur gadjetni buyurtma qilish kamida 260 AQSh dollariga tushadi.
Narxiga nisbatan texnologik jihatlarini taqqoslab ko‘rsak, hozircha jahonda Xiaomi Mi A1'ning biror muqobili yoki teng raqibi yo‘q. Ya’ni, u -- arzon va kuchli xususiyatli smartfon. Ayni paytda Android 7.1.2 Nougat'da ishlaydigan devaysni yil oxiriga ыadar yanada ilg‘or Android 8.0 Oreo'ga yangilash mumkin bo‘ladi. Uning tizimi uchun Google'ning g‘amxo‘rlik qilishini hisobga olsak, tizim masalasida muammo bo‘lmaydi.
Xiaomi Mi A1'ning ovoz taratishi ham diqqatga sazovor: smartfonda yuqori texnologiyali quloqchinlarni qo‘llab-quvvatlaydigan DHS ovoz uzatish algoritmidan foydalanilgan.
Qo‘sh sensorli 12 + 12 Mp birikuvidagi flagman kameraga ega bo‘lgan devaysda olingan suratlarni qayta ishlash uchun maxsus -- "sun’iy idrok"texnologiyasi tatbiq qilingan va 5 megapikselli selfi-kamerada ham suratni qayta ishlash uchun shunday innovatsion algoritm joriy qilingan. Shuningdek, kameralar 2 karralik optik yaqinlashtirish funksiyasiga ham ega bo‘lgan.
Manba: Terabayt.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi”
AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi
Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi”
Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi
Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi?