20:51 / 02.10.2017
3 877

Google barcha sensorli qurilmalar «qotili» uchun patent oldi

Google barcha sensorli qurilmalar «qotili» uchun patent oldi
O‘tgan hafta Google tomonidan patentlangan yangi texnologiya sensor yuza yordamida boshqariluvchi gadjetlarning asosiy «dushmani» bo‘lishi mumkin. Chunki u gadjetga bevosita teginmasdan, ularni barmoqlarning shunchaki havodagi harakatlari orqali boshqarish tizimini ta’riflaydi. Bu haqda «SlashGear»ga tayanib «Terabayt» sayti xabar berdi.

Avvalroq, ushbu korporatsiya smartfonlarni boshqarish uchun xuddi shunday usulni tayyorlayotganligi haqida xabarlar tarqalgandi. Yangi chiqqan ma’lumotlarga ko‘ra, bu texnologiya boshqa tur devayslarga ham tatbiq etilishi mumkin ekan.

Google mutaxassislari fikricha, havodan boshqaruv imo-ishoralari foydalanuvchi uchun tushunarli bo‘ladi. Bundan tashqari, mazkur texnologiya yangi buyruqlarni ham o‘rgana oladi.

Patentga ko‘ra, ushbu texnologiyani qo‘llab-quvvatlovchi «aqlli» qurilma foydalanuvchining qo‘l-barmoq ishoralarini eslab qolishga hamda ulardan har biriga alohida buyruqni belgilashga qodir. Masalan, devays sohibi tizimga ikkita barmog‘ini pastga qaratib ko‘rsatadi va bu harakatni qurilmaning o‘chirilishi funksiyasiga belgilab qo‘yadi.

Xabarga ko‘ra, barmoq ishoralaridagi buyruqlarni tanish funksiyasi birdaniga tarmoqdagi bir nechta qurilma uchun amal qiladi. Bunda ovozli buyruqlar o‘rniga ham ishora buyruqlarini qo‘llash mumkin bo‘ladi. Masalan, «OK, Google, xonaning chirog‘ini yoqib yubor» deyish o‘rniga, endi barmoq bilan xuddi vklyuchatelga bosgandagidek harakat qilish kifoya bo‘ladi.

Aytish kerakki, Google allaqachon imo-ishoralarni sensor ekran ishtirokisiz tanish tizimi bo‘yicha Project Soli loyihasini ham ishga tushirgan. Biroq u 2015 yilning may oyida start olgani bo‘yicha, hozirgacha yakuniga yetmagan. Ehtimol, kompaniya shu sohadagi ishlanmalarga ko‘proq e’tibor berar va kelajakda gadjetlarni boshqarishning an’anaviy usullaridan voz kecharmiz?

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Google barcha sensorli qurilmalar «qotili» uchun patent oldi