2 oktyabr, dushanba kuni Facebook kompaniyasi ijtimoiy tarmoqqa joylanadigan reklama qoidalarga mos kelish-kelmasligini tekshiradigan ming kishini ishga olmoqchi ekanligi haqida e’lon qildi. Bu haqda «Kommersant’»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.
Bu sentyabrda kelib chiqqan mojarodan so‘ng ijtimoiy tarmoq tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning bir qismiga aylandi, o‘shanda Facebook’ka buyurtmachilari Rossiyaga aloqador deb gumon qilingan 3 mingga yaqin siyosiy reklama e’lonlari joylanganligi ma’lum bo‘lgan edi.
Ishonchsiz akkauntlar yordamida sotib olingan bunday reklama o‘tgan yilgi AQSh prezidenti saylovlari arafasidagi saylov kampaniyasi chog‘ida ham e’lon qilingan.
Reklamani tekshirish uchun yangi xodimlarni yollashdan tashqari, Facebook reklama shaffofligini oshirmoqchi, shunda har qanday foydalanuvchi uni kim e’lon qilganini, ushbu reklama beruvchi yana qanday e’lonlarni joylaganini ko‘rishi mumkin bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda