
iPhone X hali bozorga chiqib ulgurmasidan ba’zi bir qiziquvchan ekspertlar "Olma"ning keyingi flagmaniga oid ma’lumotlarni tarqatishmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Apple ayni paytda 6,4 dyuymli romsiz iPhone ustida ishlamoqda va tarmoqda «iPhone X Plus» nomli bu gadjetning ilk suratlari ham tarqalmoqda.

Qancha katta bo‘lsa — shuncha yaxshi!
Shu vaqtga qadar tarqalgan render suratlarga ko‘ra, 6,4 dyuymli iPhone X Plus'ning old paneli deyarli ekrandan iborat, shuningdek uning "qoshi"dagi o‘sha mashhur "orolcha" saqlanib qolgan. 5,8 dyuymli iPhone X bilan taqqoslaganda, ekran hamda smartfon hajmi sezilarli ravishda kattalashgan.

2018 yilda bizni qanday iPhone kutmoqda?
O‘tgan oydayoq Apple'ning 2018 yilda birato‘la 2 ta romsiz dizayndagi smartfon taqdim qilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar tarqalgan edi. Ulardan birining ekrani 5,28 dyuymli, boshqasi 6 dyuymdan kattaroq bo‘lishi aytilgan edi.
Insayderlarning yozishlaricha, iPhone X Plus kutilganiden ertaroq bozorga chiqariladi. Ehtimol, u 2018 yilning bahorida bo‘lib o‘tadigan an’anaviy taqdimotda namoyish qilinadi. Texnik jihatdan bu flagman "ajdodi"dan u qadar katta farq qilmaydi.
Manba: Terabayt.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar