Google ikkita yangi Nexus smartfonini taqdim etdi

Google korporasiyasi LG tomonidan yaratilgan Nexus 5X va Huawei kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Nexus 6P smartfonlarini taqdim etdi. Bu haqda Meduza ga asoslanib Daryo nashri xabar beradi.
6P uch xil rangda chiqariladi: oq, alyuminiy va grafit. Ekranining hajmi 5,7 dyuymni tashkil etadi. Smartfon 12,3 megapikselli asosiy kamera va 8 megapikselli old kamera bilan jihozlangan. Qurilma uch gigabaytli operativ xotira va 2 GGs chastotali Octa-core Qualcomm prosessoriga ega.
Nexus 5X smartfoni 6P’ga qaraganda biroz kichikroq. Uning ekrani 5,2 dyuym. Uning orqa tomonidagi kamera 12,3 megapiksel, selfi uchun mo‘ljallangan kamerasi esa besh megapikselni tashkil etadi. Qualcomm prosessori 1,8 GGs chastota bilan ishlaydi. Nexus 5X uch xil — qora karbon, oq kvars va moviy muz ranglarda chiqarilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing