Facebook Messenger ilovasining hali ommalashmagan talqini ishlab chiqilgan bo‘lib, ko‘pchilik bundan bexabar. Facebook tomonidan ishlab chiqarilgan Messenger Lite ilovasi internet aloqasi u qadar tezkor bo‘lmagan hududlarda foydalanish uchun ayni muddao. Bu ilova tezkor va samarali suhbat qurishda qo‘l keladi.
Messenger'ning Lite, ya’ni "yengil" ilovasi asl ilovadagi qo‘shimcha va trafik sarflaydigan ba’zi, misol uchun Facebook Stories va "gifs" kabi funksiyalaridan ozod qilingan. Shu bilan birga, bu ilova yordamida Wi-Fi tarmog‘ida qo‘ng‘iroqlarni ham amalga oshirish mumkin.
To‘g‘ri, bu talqinda noqulaylik ham mavjud. Misol uchun, unda ba’zi bir kerakli jihatlar ishlamasligi mumkin.
Facebook Messenger Lite hozircha Android smartfonlari foydalanuvchilari uchun ishga tushirilgan. Uni Google Play Store mumkin. Buning uchun bor-yo‘g‘i 10 megabaytdan kamroq trafik sarflaysiz. iOS talqinni esa kutishga to‘g‘ri keladi. Smartfonda bir vaqtning o‘zida Messenger'ning to‘liq va yengil talqinini o‘rnatish mumkin.
Facebook Messenger Lite'dan foydalanish kam trafik sarflaydi, arzonga tushadi va internet sekin joyda ham. oson ulanadi. Unda surat va "gif" fayllarni yuborib bo‘lmaydi. Shuningdek, bir oz eski smartfonlarda ham mazkur talqinni ishga tushirish mumkin.
Manba: Terabayt.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi