date

Xitoy kosmosni tadqiq etish uchun yangi raketa ishlab chiqaradi

Xitoy kosmosni tadqiq etish uchun yangi raketa ishlab chiqaradi

Xitoy 2030 yilda yangi o‘ta og‘ir uchiruvchi raketani ishlab chiqib, yasashni va uchirishni rejalashtirmoqda. Bu rejalar haqida CASC aerokosmik kompaniyasi rahbari Ley Fanpey CBERS-4 Xitoy-Braziliya yo‘ldoshi uchirilgandan so‘ng, «China Daily» jurnalistiga ma’lum qilgan, Bu haqida «lenta.ru»ga asoslanib «kun.uz» xabar bermoqda.

Raketa modeli «Airshow China 2014» xalqaro ko‘rgazmasi davomida namoyish etildi.

Raketaning yuk ko‘tarish quvvati 130 tonna bo‘ladi. Xitoy raketadan 2030-2050 yillar oralig‘ida olis kosmosni tadqiq etish maqsadida foydalanmoqchi.
2020 yilgacha Xitoy Qizil sayyoraga marsoxodni jo‘natishni, 2022 yilgacha esa Er yaqinida o‘zining orbital stansiyasini yaratish ishlarini tugallashni rejalashtirmoqda.

Avvalroq Xitoy Qizil sayyoraga sayyoralararo stansiyani jo‘natmoqchi edi, biroq missiya muvaffaqiyatsizlikka uchradi: 2011 yilda «Zenit» uchiruvchi raketasida uchirilgan Xitoyning «Yinghuo-1» apparati Rossiyaning «Fobos-Grunt»i bilan birgalikda okeanga qulagan edi.

Foto: wikipedia.org
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Xitoy kosmosni tadqiq etish uchun yangi raketa ishlab chiqaradi