
Foydalanuvchilar ixtiyoriga Yer, Xalqaro koinot stansiyasi ichki ko‘rinishlari, Oy va Marsdan tashqari, yana 12 ta samo jismi, jumladan Merkuriy, Venera, Pluton, Serera, Yupiter va Saturnning ba’zi yo‘ldoshlari (Titan, Io, Mimas, Enselad, Yapet va boshqalar) xaritalari taqdim qilindi. Samo jismlarining sirtlarini yaratishda Cassini zondi tomondan olingan suratlardan foydalanildi. Shuningdek, ular ustida rassom Born Yonsson ham ishladi. U bunda NASA va Yevropa koinot agentligi suratlaridan foydalangan.

Ma’lum qilinishicha, sayyoralar va yo‘ldoshlar sirtlarida ularda joylashgan ob’ektlar nomlari ko‘rsatilgan. Ob’ektga bosilganda uning aniq koordinatalari va nomining kelib chiqishi haqida bilib olish mumkin.

Manba: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar