Apple o‘zining «yangiliklari» bilan muxlislarini hamon «xushnud» etmoqda. Bu safar smartfon foydalanuvchilari iOS 11’ning standart kalkulyatori oddiy sonlarni, jumladan, 1+2+3 kabi sonlar ustida ham oddiy arifmetik amalni to‘g‘ri bajara olmayotganini aniqlashdi. Bu haqda «Hi-tech.mail.ru»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.
1+2+3 nechiga teng? 6 emas
Yangi operatsion tizimning standart kalkulyator dasturi yordami 1+2+3 ketma-ketligini qo‘shishga harakat qilsangiz, tizim mutlaqo kutilmagan natijani chiqarib beradi. Javobi 6 emas.
Kalkulyator har qanday oddiy sonlarni qo‘sha olmaydi
Muammo iOS 11 o‘rnatilgan barcha qurilmalarda kuzatilmoqda va bitta sondan iborat har qanday operatsiyalarga tegishli (misol uchun, hatto 1+1+1). Yagona talab — raqamlarni odatiy tezlikda kiritish kerak. Agarda sonlar sekin-asta terilsa, tizim to‘g‘ri natijani chiqarib berishga ulgurmoqda. Apple dasturchilari qanday qilib kalkulyatorni «buzishga» muvaffaq bo‘lgani va ushu muammo qachon bartaraf etilishi noma’lum.
Endi ham unga ishonib bo‘ladimi?
Reddit foydalanuvchilari o‘rtasida Apple’ning standart kalkulyatoriga ishonish mumkinmi yoki yo‘qligi borasida keng bahs-munozara bo‘lib o‘tmoqda. Ayrim foydalanuvchilar iOS’ning standard kalkulyatoridan voz kechishni taklif etmoqda. Apple esa bu vaqtda xodimlarining vaqtini smayliklar yaratishga sarflamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Fayzullayev va Yevropa: unga berilgan ikki xil baho...