«Sony PlayStation» internet do‘koni xakerlar hujumiga uchradi

«Sony PlayStation» internet-do‘koni 8 dekabrda kiberhujumga uchrab, ishlamay qoldi. «Sony Computer Entertainment» muammo ikki soat davom etgani va butun dunyoda qayd etilganini ma’lum qildi. Kompaniya matbuot xizmati ma’lumotlar o‘g‘irlagani alomatlari topilmaganini bildirgan, deb xabar bermoqda «Kun.uz».
24 noyabrda «Sony Pictures Entertainment» kompyuter tizimlari kiberhujum natijasida buzilib, studiya xodimlari va Gollivudning ayrim yulduzlari haqidagi maxfiy ma’lumotlar Internetga tarqalgandi.
«Sony Pictures»ga Shimoliy Koreya xakerlari hujum qilgan deb taxmin qilinmoqda, biroq Shimoliy Koreya tomoni bu voqeaga daxldorligini inkor qilgan.
Ayni paytda FQB «Sony Pictures»ning ayrim xodimlariga jo‘natilgan tahdidli xatlarni tekshirmoqda.
foto: Kun “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing