5 796
Britaniyalik yigit mashinasida sevgan qizini olib yurmaslik uchun avtoulovini kuchukka “aylantirdi”
25 yoshli Sem Uolton sevgan qizini har kuni ishga tashlab qo’yishdan charchagach, unga shaxsiy mashina sotib olib berdi. Ammo qiz mashina to’xtash joylari uchun alohida pul to’lashdan qochib, yorining mashinasida yurishda davom etdi. Bu holatdan qutulish maqsadida yigit antiqa bir usul topdiki, qizning o’zi yigitining mashinasiga chiqib o’tirishdan uyala boshladi.
Sem mashinasini mahalliy atelyelarning biri ko’magida paxmoq kuchuk ko’rinishiga keltirdi. Buning uchun mashina kuzovchi sun’iy mo’yna bilan qoplandi, mashinaning old qismiga esa qora rangli “burun” o’rnatildi. Yigit mashina obrazi yanada haqqoniy bo’lishi uchun unga vovullayotgan kuchuk tovushini signal sifatida ilova ham qildi.
Ushbu topilma sababli qizning o’zi mashinaga chiqishdan bosh tortdi, yigit esa uni har kuni ishga olib borish vazifasidan qutuldi.
Ayni paytda Semga mashinasining yangi ko’rinishi yoqib qolgan va yangi yil bayrami arafasida uni bug’u ko’rinishiga o’zgartirishni rejalashtirib qo’ygan, deyiladi xabarda.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi