Samsung yangi Tizen-smartfonini rasmiy ravishda taqdim qildi

Hindistonda yangi OS Tizen smatrfoni namoyish etildi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
Samsung mavjud operasion tizim asosida yasalgan yangi Z3 smartfonini taqdim etdi. Bu haqda Samsung Mobile saytida ma’lum qilingan.
Smartfon o‘tgan yili chiqarilgan Z1 smartfoniga juda o‘xshash.
Samsung Z3 ga 720x1080 pikselli 5-dyuymga ega AMOLED-displey o‘rnatilgan. 1,3 GGs li 4 yadroga ega Spreadtrum chipseti bilan jihozlangan. Tezkor xotirasi hajmi 1 Gb. Unga 128 Gb o‘lchamgacha bo‘lgan karta o‘rnatsa bo‘ladi.
Asosiy kamera 8 Mp, old kamera esa 5 Mp ga ega bo‘ldi. Qurilmaning tashqi ko‘rinishi ham “sipo”gina: 70x141,6x7,9 mm. Massasi 137 g.





Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing