date

Google Sankt-Peterburgdagi ishlanmalar markazini yopdi

Google Sankt-Peterburgdagi ishlanmalar markazini yopdi

Google kompaniyasi Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi ishlanmalar markazini yopdi. Bu haqda «TASS»ga asoslanib «Daryo» xabar bermoqda.

«Google Peterburgdan ketdi. Ular bu erdagi ofisni avgustda tark etgandi, aftidan, ofis yopilgan. Ofis xodimlari ikki qavatni band qilgandi. Xodimlari turli mamlakatlar — Shveysariya, Amerika va Germaniyaga olib chiqib ketilgan», — deydi Knight Frank Saint-Petersburg xalqaro konsalting kompaniyasining tijoriy ko‘chmas mulk bo‘limi boshlig‘i Marina Puzanova.

Google’ning Rossiyadagi vakolatxonasidan «TASS»ga ma’lum qilishlaricha, Sankt-Peterburgdagi ishlanmalar markazi «kompaniya faoliyatini optimizasiya qilish» maqsadida yopilgan, bu kabi jarayonlar Finlyandiya, Shvesiya va AQShda ham yuz bermoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Google Sankt-Peterburgdagi ishlanmalar markazini yopdi