2016 yil yanvarida Samsung Galaxy S7 namoyish qilinadi

Janubiy koreyalik insayderlar ma’lumotlariga ko‘ra, Samsung kompaniyasining yangi Samsung Galaxy S7 smartfonini 2016 yilning yanvar oyida ko‘rish mumkin bo‘ladi. Bu haqda GSM Arena nashri’ga asoslanib Kun.uz yozmoqda.
Kompaniyaning Galaxy S6 va S6 Edge smartfonlari joriy yilning 1 martida namoyish qilingan edi. Galaxy S7 bu muddatdan avvalroq chiqadi va kompaniyaning raqobatchilariga o‘ziga xos javobi bo‘ladi. Yangi smartfonning dizayni sentyabrda yakunlangan.
Ma’lumotlarga qaraganda, yangi smartfon ikkita modelda taqdim qilinadi: premial va sub-premial. Premial model bir kristallda joylashtirilgan Exynos prosessori va modem bilan jihozlanadi, sub-premial modelda esa ular alohida-alohida joylashtiriladi. Smartfon interfeysida 3D Touch kabi funksiyalar qo‘llanishi, shuningdek, USB Type-C porti paydo bo‘lishi mumkin.
Avvalroq smartfonning bir necha modeli bo‘lib, ulardan biri Qualcomm Snapdragon 820 prosessorida ishlashi ma’lum qilingandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing