Samsung W2018 buklama telefonni taqdim etdi, u savdolarga IPhone X’dan ham qimmatroq narxda chiqariladi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
Nashrning ta’kidlashicha, "buklamalar" deyarli tarixga aylandi, biroq kompaniya bunga qo‘shilishni istamayapti hamda eskirgan shaklni zamonaviy xususiyatlar bilan to‘ldirish harakatida.
Xususan, ishlab chiqaruvchilar gadjetni Full HD kenglikka ega ikkita displey bilan jihozlashdi. Shu bilan birga, asosiy kamera 12 megapikselga ega, frontal esa – besh megapiksel. Biroq, maqola muallifining ta’kidlashicha, smartfonning eng kuchsiz tomoniga dasturiy ta’minot bilan bog‘liq muammolar aylanishi mumkin.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, W2018 boshida Xitoyda “hayratlanarli” narxda sotiladi – 2400 dollar. Bu IPhone’ning eng qimmat modelidan ham taxminan bir yarim barobarga ko‘proq. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi