Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i birinchi qabulga saralash bosqichining 20 nafar g‘olibidan iborat strimerlar maktabini ishga tushirdi. Saralash bosiqichida barcha istaganlar ishtirok etishlari mumkin, buning uchun faqatgina #shkolastrimerov xesh tegi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyalar yaratib, blog mavzusini qiziqarli tarzda ifodalab berishlari kerak bo‘ladi.
Saralash bosqichining eng yaxshi strimerlari ushbu maktabda mashhur blogerlar, akterlar va teleboshlovchilar ko‘magida bilim olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Blogeralar va ijtimoiy tarmoq vakillaridan iborat profesional hayat a’zolari pazandachilik, rasm chizishdan tortib to sayohat va hotira daftari kabi mavzularga bag‘ishlangan turli hil kanallarning talabnomalarini ko‘rib chiqadilar.
Saralashdan o‘tgan 20 nafar strimer prfessionallarning onlayn mahorat darslarida ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi. Masalan, darslarni mashhur videoblogerlar Stas Davыdov, Karina Sыcheva va Aleksandr Kondrashovlar olib boradi. Loyiha ishtirokchilari to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda sur’atga olish, kanal uchun mavzu tanlash, o‘z qiyofasini yaratish, hamda tomoshabinlarning diqqatini ushlab turish va o‘z strimlari yordamida daromad olishni o‘rganadilar. Uy vazifalarini muvaffaqiyatli bajargan sakkiz nafar eng faol ishtirokchi loyiha finalchilariga aylanadilar. Ular Moskvada bajarilishi kerak bo‘lgan offlayn topshiriqlardan o‘tishi kerak bo‘lgan «final imtixonidan» o‘tadilar.
Loyiha natijalariga ko‘ra aniqlangan g‘olib Rosturizmdan Rossiyaning istalgan nuqtasiga ikki kishilik sayohat uchun sertifikat egasiga aylanadi. Finalning barcha ishtirokchilari o‘z kanallarini targ‘ib qilishda Odnoklassniki tomonidan yordam qo‘llab-quvvatlanadilar.
Aleksandr Volodin, Odnolkassniki loyihasining strategik hamkorlik bo‘yicha direktori:
Striming faoliyati juda tez rivojlanmoqda. OKda translyatsiyalarni tomosha qilish 10 barobarga o‘sdi. Bu yili biz strimerlar uchun bir necha loyihalar o‘tkazdik: “Konfederatsiyalar Kubogi uchun rasmiy strimerlar tanlovi”, “Yosh sportchilar tanlovi”, “9 may” va “O‘qituvchilar kuni”ga bag‘ishlangan strimlari va boshqalar shular qatoridan o‘rin olgan. Biz bu yo‘nalishni faol rivojlantirishni rejalashtirmoqdamiz, chunki bu OK strimerlar maktabi barcha foydalanuvchilar uchun o‘zi haqida keng ommaga e’lon qilish uchun imoniyat. Mazkur loyiha tufayli maydonchada mualiflar sonining oshishi va sifatli kontent ko‘payishiga ishonchimiz katta. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi