07:08 / 23.12.2017
6 087

Bitcoin.com asoschisi barcha bitkoinlarini sotdi. Ertak tugayaptimi?

Bitcoin.com asoschisi barcha bitkoinlarini sotdi. Ertak tugayaptimi?
Aksariyat tahlilchilar, iqtisodchilar jahondagi eng mashhur kriptovalyuta – bitkoinning tez orada inqirozga yuz tutishini bashorat qilib kelmoqdalar. Ular bu fikrlarini "virtual oltin" qiymatining aqlbovar qilmas darajada ko‘tarilib ketayotgani bilan izohlashmoqda. Ularning fikrlariga qaraganda, ertami yokim kech bu "moliyaviy ko‘pik" albatta yorilishi muqarrar. Biroq, bugun jahon maynerlari, ya’ni bu raqamli valyutani ishlab chiqaruvchilari navbatdagi xabardan o‘zlarini yo‘qotib qo‘ydilar.

Business Insider tarqatgan ma’lumotga muvofiq, Bitcoin.com portali asoschilaridan biri, bu resursda texnik direktor bo‘lib faoliyat ko‘rsatgan Emil Oldenburg (Emil Oldenburg) o‘ziga tegishli barcha bitkoinlarni sotib yuborgan. Business Insider jahonning nufuzli moliyaviy nashri ekanini hisobga olsak, daraxtning uchini qimirlatgan shamol haqiqatga o‘xshaydi. Emil Oldenburg mazkur kriptovalyutani ayni paytdagi global iqtisodiy munosabatlar avj olayotgan davrda eng ishonchsiz sarmoya ekanini ta’kidlagan.

Oldenburgning qayd etishicha, u aynan bitkoinni deb bor-budidan ayrilgan. Shu bilan birga, u Bitcoin.com portalidagi lavozimini hali yo‘qotmagan va bu portalga qarashli Safello bitkoin-birjasi ham o‘z ishini davom ettirmoqda.

Joriy yilning dekabr oyida, bir oz avval bitkoin kursi tarixiy cho‘qqini zabt etdi va bir donasi $20 000 dollarga yetdi. 2017 yilning yanvarida uning kursi $1000 dollarni tashkil qilgan edi. Bir yilda bu kursning 20 barobar qimmatlashuvi ekspertlarda shubha uyg‘otdi. Endi esa Emil Oldenburgning bitkoinlaridan voz kechayotgani shunchaki ogohlantirish emas, balki qo‘ng‘iroqqa urilgan tashvishli zarbadir. Ayni paytda Bitcoin Cash $2300 dollarga baholanmoqda. 2018 yilda uning o‘sishi aytilmoqda.

Oldenburgning ma’lum qilishicha, tranzaksiyalar chog‘idagi sarf-xarajatning oshib borayotgani Bitcoin bilan bilan bog‘liq asosiy muammo hisoblanadi. Shu bilan birga, bitkoin kursining oshib borishi hisobiga to‘lanadigan vositachilik to‘lovining kattalashib borayotgani ham bu raqamli valyutaning taqdiriga xavf solayotgan muhim omildir.

Manba: Terabayt.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Bitcoin.com asoschisi barcha bitkoinlarini sotdi. Ertak tugayaptimi?