Apple kompaniyasi 11 noyabrdan iPad Pro planshetlarini sotuvga chiqaradi

Apple kompaniyasi mahsulotlariga bag‘ishlangan 9to5mac nashrining ma’lum qilishicha, Apple 11 noyabrdan iPad Pro planshetlarini sotuvga chiqarishni rejalashtirmoqda. Shu kuni planshetni oddiy do‘konlarda va onlayn-savdo orqali sotib olish mumkin bo‘ladi. iPad Pro uchun aksessuarlar, Apple Pencil stilusi va Smart Keyboard g‘ilof-klaviaturasi ham 11 noyabrdan sotila boshlanadi.
Kompaniya ushbu eng katta o‘lchamli iPad planshetini sentyabrdagi taqdimotida yangi iPhone smartfonlari bilan birga namoyish qilgan edi, biroq uning sotuvga chiqarilishi borasida aniq muddatlarni ma’lum qilmagandi.
Planshet diagonali 12,9 dyuymli displey bilan jihozlangan. Ko‘rsatish qobiliyati 2732x2048 nuqtani tashkil qiladi. Ekran taxminan Retina-displeyli MacBook Pro kabi 5,6 mln nuqtadan iborat. Planshet stilusi Apple Pencil alohida tahsinga sazovor. Bosim va egilishga ta’sirchan datchiklar qo‘lning bosish kuchi va holatini aniqlay oladi. Foydalanuvchi chiziq qalinligini boshqara oladi, yengil shtrixlar va boshqa tasviriy effektlar yarata oladi.
iPad Pro uchun narxlar quyidagicha: 32 Gb li model – 799 dollar; 128 Gb li – 949 dollar; 128 Gb va LTE’li model 1079 dollardan sotiladi. Stilus Pencil 99 dollar, Smart Keyboard g‘ilof-klavitura 169 dollarga aylanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing