Amerikaliklar SpaceX raketasini NUJ deb o‘ylashdi

Amerikaliklar SpaceX raketasini NUJ deb o‘ylashdi
Kaliforniya shtati qutqaruv xizmati SpaceX’ning Falcon 9 raketasi fazoga uchirilgandan keyin “o‘zga sayyoraliklar” haqida bir nechta qo‘ng‘iroq olgan. Bu haqda «The Daily Mail»ga tayanib «Kun.uz» xabar bermoqda.

Shunga o‘xshash qo‘ng‘iroqlar mahalliy huquq-tartibot idoralari va telekanallarga kelib tushgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar osmondan nima uchib o‘tgani yuzasidan turli taxminlar bildirishgan. Ulardan ko‘pchiligi hazil qilib, bu o‘zga sayyoraliklar yoki Santa-Klaus ekanini aytishgan.

Osmondagi bu ob’ekt Falcon 9 raketasi ekani ma’lum bo‘lgandan keyin Ilon Mask o‘zga sayyoraliklar haqidagi taxminlarga “qo‘shilgan”. “Shimoliy koreyalik o‘zga sayyoraliklarning atom noma’lum uchar jismi”, deb yozgan Mask tvitterda raketa uchirilishi videosiga izohda.

Falcon 9 raketiasi 10 ta sun’iy yo‘ldosh bilan birga 23 dekabrda Vandenberg kosmodromidan fazoga uchirildi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar