iPad Pro: tavsif va narxlari bilan tanishing

1 daqiqa o'qish8.5K
iPad Pro: tavsif va narxlari bilan tanishing
iPad Pro: tavsif va narxlari bilan tanishing

“Tishlangan olma” kompaniyasi joriy yilning 9 sentyar sanasida iPad Pro qurilmasi haqida ma’lum qilgandi. Shundan so‘ng mazkur turdagi planshetlarning qachon jamoatchilikka qachon taqdim etilishi, narx-navosi qanday bo‘lishi mumkinligi haqidagi fikrlar “muxlislar”ini ancha intiq qilgandi. Ayni damda Apple`ning eng yirik plansheti narxi va chiqish vaqti aniq bo‘ldi. Bu haqda Terabayt.uz sayti malum qildi.

Shunday qilib, iPad Pro planshetlarini joriy yilning 11 noyabridan boshlab xarid qilish mumkin. Uning bahosi Apple`ning rasmiy saytida ham e’lon qilindi.

Masalan, 32 GB xotiraga ega SIM-kartalar uchun maxsus joy bo‘lmagan va mobil tarmoqni qo‘llovchi standart versiyasi 799 AQSh dollari atrofida, 128 GB varianti esa 949 AQSh dollari narxida. Shuningdek, 128 Gb va LTE’li model 1079 AQSh dollari, Stilus Pencil 99 AQSh dollari, Smart Keyboard g‘ilof-klavituralisi 169 AQSh dollariga baholangan.

iPad Pro plansheti uch xil rangda – «silver», «gold» va «space gray», ya’ni iPad Air 2 va iPad mini 4. iPad`ning pushti ranglisi esa hozircha chiqarilmaydi.

Planshet diagonali 12,9 dyuymli Retina displeyga ega. Ko‘rsatish qobiliyati 2732x2048 nuqtani tashkil qiladi. Qolaversa, 64 bitli A9X protsessorlarining uchinchi avlodi M9 maxsus protsessor, 1,2 MP o‘lchamli yuzni aniqlash tizimiga ega FaceTime kamerasi, f/2.4 apertura va fokusni avtomatik to‘g‘rilash qobiliyatiga ega 8 megapikselli asosiy kamera, barmoq skaneri hamda doimiy video ko‘rish yoki Wi-Fi qo‘llanilgan holda 10 soatga yetadigan quvvat manbai(batareyka) mavjud.

Planshet stilusi Apple Pencil versiyaning imkoniyati o‘ziga xos. Bosim va egilishni sezuvchi datchiklar bosish kuchi va holatini aniqlay oladi. Foydalanuvchi chiziq qalinligini boshqarishi, yengil shtrixlar va boshqa tasviriy effektlarni ham yaratishi mumkin.
iPad Pro: tavsif va narxlari bilan tanishing
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?