Apple korporatsiyasi protsessorlardagi sezilarli kamchilik iMac va iPhone’ning barcha modellarida uchrashini tan oldi. Bu haqda kompaniya saytidagi bayonotda aytiladi.
Avvalroq ekspertlar so‘nggi 20 yilda chiqarilgan Intel protsessorlaridagi kamchilik haqida ma’lumot berishdi. Chiplarni loyihalashtirishda yo‘l qo‘yilgan xato jinoyatchilarga yadroning himoyalangan qismiga kirish va u yerda saqlanuvchi loginlar, maxfiy so‘zlar hamda boshqa fayllarni o‘g‘irlash imkonini beradi.
"Mac OS va iOS operatsion tizimlariga ega barcha qurilmalarda shunday kamchilik bor, biroq hozirgi paytda undan foydalanish usullari haqida hech narsa ma’lum emas. Bu kamchilikdan foydalanish uchun qurilmaga zararli dasturiy ta’minot yuklanishi kerak, shuning uchun biz dasturlarni faqat tekshirilgan manbalardan yuklab olishni tavsiya etamiz", - deyiladi kompaniya bayonotida.
Bundan tashqari, Apple foydalanuvchilarni operatsion tizimlarning yangilanishi chiqqanida, ushbu kamchiliklardan keluvchi ehtimoliy tahdidlardan himoya qilishga va’da berdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas