
Apple kompaniyasi investorlar bosimi ostida bolalarni smartfonga tobelikdan himoyalash uchun ota-ona nazorati funksiyasini kiritishga rozi bo‘ldi. Bu haqda «The Verge»ga tayanib «Kun.uz» xabar berdi.
iOS'ga kiritiladigan funksiya ota-onalarga ularning farzandi ayfon ekrani qarshisida qancha vaqt o‘tkazayotganini kuzatish va zarurat tug‘ilganda gadjetdan foydalanishni cheklash imkonini beradi.
Kompaniya o‘smirlarning smartfonga tobelik muammosiga jiddiy munosabatda ekanini, shu bois qo‘lidan kelganicha unga qarshi kurashishga harakat qilishini ta’kidladi.
Yangi funksiyaning kiritilish muddati hozircha ma’lum qilinmadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar