date

Facebook messenjerida telefonda do‘stlar rasmini topib, ularni do‘stlarga yuborishni taklif qiluvchi funksiya paydo bo‘ldi

Facebook messenjerida telefonda do‘stlar rasmini topib, ularni do‘stlarga yuborishni taklif qiluvchi funksiya paydo bo‘ldi

Dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoq Facebook o‘zini oshkor etmaslikni istaydigan foydalanuvchilarda qarama-qarshi hislar uyg‘otuvchi funksiyalarni joriy qilishda davom etmoqda, deb xabar bermoqda KUN nashri. Feysbuk messenjeri foydalanuvchining do‘stlarini smartfonga yaqinda olingan ijtimoiy tarmoqdagi fotosuratlari bo‘yicha topishni o‘rganib oldi.

Yangi funksiya Photo Magic deb nomlanadi. U smartfonga olingan barcha fotosuratlarni yuzni tanish algoritmi bo‘yicha o‘tkazadi. Agar dastur suratlarda ijtimoiy tarmoqdagi do‘stlarga o‘xshash qiyofani topsa, bu suratni ularga yuborishni taklif qiladi. Photo Magic dasturidan hozircha Avstraliyadagi Facebook Messenger’ning Android-versiyasi foydalanuvchilari foydalana olishadi, shu haftada u iOS’da ham joriy qilinadi, yaqin kelajakda AQShga etib boradi.

Facebook vakilining aytishicha, smartfonlarda fotosuratlarni monitoring qilishga Messenger’da fotosuratlar bilan almashishning mashhurligi sabab bo‘ldi. Oxirgi oyning o‘zida ijtimoiy tarmoqning chat-dasturlari orqali 9,5 mlrd ta surat jo‘natilgan.

Istalganda Photo Magic funksiyasini o‘chirib qo‘yish mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Facebook messenjerida telefonda do‘stlar rasmini topib, ularni do‘stlarga yuborishni taklif qiluvchi funksiya paydo bo‘ldi