date

«Yandeks» mustaqil ravishda yangiliklar yoza boshladi

«Yandeks» mustaqil ravishda yangiliklar yoza boshladi

Yo‘llardagi tirbandliklar, ob-havo va foydalanuvchilarning qiziqishlari to‘g‘risida avtomatik tarzda yangiliklarni shakllantiruvchi «Media uchun Yandeks» servisi ishga tushdi. Bu haqda kompaniya blogi'ga asoslanib Daryo nashri ma’lum qildi.

Internet kompaniya servisni avtomatlashtirilgan axborot agentligi sifatida tasniflab, yangiliklarni telekanal, radio va boshqa medialarga etkazib berish rejalashtirilmoqda. Ma’lumotlar grafik, yugurib turuvchi satrlardagi matnlar, bildirishnomalar tasmasi yoki pochta xabarlari ko‘rinishida etkazilishi mumkin.

Xabarlar avtomatik tarzda – «Yandeks.Tirbandliklar» va «Yandeks.Ob-havo» qidiruv natijalariga ko‘ra shakllanadi. «Yandeks» maxsus algoritmlar ko‘magida zarur kontentni topib, uni o‘zaro bog‘langan matnga aylantiradi. Bundan tashqari, blogda robot tomonidan yozilgan yangilik namunasi keltirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Yandeks» OAV va media uchun maxsus axborot agentligini ishga tushirishi, ular uchun yangiliklarni robotlar tayyorlashi ma’lum qilingan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » «Yandeks» mustaqil ravishda yangiliklar yoza boshladi