2016 yil yozida Microsoft yirik Windows 10 yangilanishini chiqaradi

Xususan, begona ishlab chiquvchilarga go‘yoki Edge brauzeri uchun kengaytirishlar yaratish ruxsati beriladi.
Microsoft korporasiyasi 2016 yilning yozida Windows 10 operasion tizimi uchun yirik yangilanish joriy etishni ko‘zlamoqda, deb xabar qiladi WinBeta. Uning kod nomi – Redstone. Hozirda korporasiyada ushbu yangilanishga qanday yangi vazifalarni qo‘shish ustida o‘ylanishmoqda, ammo yangiliklar haqida ma’lum axborot ham mavjud.
Birinchidan, begona ishlab chiquvchilarga go‘yoki Edge brauzeri uchun kengaytirishlar yaratish ruxsati beriladi; bu kabi imkoniyatlar, masalan Firefox va Chrome tomonidan taqdim etilmoqda.
Ikkinchidan, Microsoft kompaniyasida go‘yoki iOS va OS X tegishli Continuity texnologiyasini eslatuvchi narsa haqida gapirilmoqda. Ya’ni, Windows 10 platformasidagi smartfon foydalanuvchisi mobil qurilmasida sayt tomosha qilishni boshlab, so‘ngra huddi shu operasion tizimdagi stol kompyuterida to‘xtagan joyidan davom ettirib ketishi mumkin bo‘ladi. Qayd etilishicha, Microsoft mazkur texnologiyadan foydalanishga begona ishlab chiquvchilarga ruxsat berishni ko‘zlagan, shuning uchun u operasion tizim tarkibiga kiradigan ilovalardagina mavjud bo‘lmaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing