«Uchar segvey» sinovdan o‘tkazildi (video)

«Uchar segvey» sinovdan o‘tkazildi (video)
Fransiyaning Zapata kompaniyasi Zapata Ezfly nomli uchar qurilma sinovlarini o‘tkazdi. Test videosi ishlab chiquvchilarning YouTube-kanalida e’lon qilingan.

Tajribalar Texasdagi ko‘l ustida o‘tkazildi. Kadrlarda ko‘rish mumkinki, sinov ishtirokchilari shlemlar va maxsus kostyumlarni kiyib olgan holda qurilmada navbatma-navbat uchishmoqda.

Ezfly bir nechta reaktiv dvigatelli platforma hamda tutqich bilan jihozlangan, ularning yordamida qurilma boshqariladi. Apparat 3 kilometrlik balandlikka ko‘tarilishi hamda tezlikni soatiga 130 kilometrga qadar yetkazishi mumkin.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar