AQShda cho‘ntak kompyuteri yaratildi

AQShda cho‘ntak kompyuteri yaratildi
AQShning «Q-Stick» kompaniyasi o‘lchami brelokdek keladigan cho‘ntak kompyuterini yaratdi, deb xabar berdi «Xabar.uz».

Mini-gadjet 7 soniyadan kamroq vaqt mobaynida «Windows», «Android» yoki «Linux» amaliy tizimlarini ishga tushirib, istalgan televizorni shaxsiy kompyuterga aylantirish imkonini beradi.

Qurilma bazali jamlanma va Pro talqinida mavjud. Gadjet «Intel HD» grafikasi, shuningdek, 4K potok uzatishini qo‘llab-quvatlaydi. Bundan tashqari, kompyuter 8 gigabayt tezkor xotira, Bluetooth, WiFi, bir necha USB, shuningdek, xotira kartasi uchun ulagich bilan ta’minlangan.
AQShda cho‘ntak kompyuteri yaratildi
Kompyuterni «IndieGoGo» raudfanding servisidan sotib olish mumkin. Qurilmaning bazaviy talqini 129 dollar, «Blaze Pro» talqini esa 179 dollardan baholangan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar