Xitoyda "samarali uyquni ta’minlovchi" antiqa krovat yaratildi

Xitoyda "samarali uyquni ta’minlovchi" antiqa krovat yaratildi
Xitoyning Sleepnumber kompaniyasi maksimal samarali uyquni ta’minlovchi “aqlli” krovat yaratdi.

Krovatni yaratuvchilar uning qulayligi va shinamligiga urg‘u berishgan: u bukrligini o‘zgartirib, egasining ehtiyojlariga “moslasha” oladi va atrofga tezda uyquga ketishga yordam beruvchi efir moyini purkaydi.

Krovatda, shuningdek, vibratsiya funksiyasi mavjud bo‘lib, u bel uchun foydalidir.

Antiqa krovat narxi 499 dollardan 999 dollargachani tashkil qiladi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar