10:23 / 26.01.2018
5 543

Singapurda 20 soniyada quvvatlanuvchi elektrobus ishlab chiqarildi

Singapurda 20 soniyada quvvatlanuvchi elektrobus ishlab chiqarildi
Singapur universiteti o‘z kampusida transport tajribalarini o‘tkazishni davom ettirmoqda. Ikki yil avval u yerda haydovchisiz avtobus paydo bo‘lgandi. Endi esa yangi avtobus sinovdan o‘tkazilmoqda: unda haydovchi “o‘z o‘rniga qaytarilgan” hamda elektrodvigatel va 20 soniyada quvvatlana oladigan batareyalar o‘rnatilgan.

22 o‘rinlik elektrobus BlueSG kompaniyasi tomondan yaratilgan. Unga kompaniyaning boshqa avtobusi – Bluetram asos bo‘lgan. Yangi elektrobusda unga 30 km yo‘l bosib o‘tishga imkon beruvchi akkumulyator mavjud. Biroq u zaxira funksiyasini bajaradi. Elektrobusning asosiy energiya manbai – superkondensator bo‘lib, u avtobus bekatda turadigan vaqt – 20 soniya ichida quvvatlana oladi.

Talabalar shaharchasidagi har bir bekat maxsus quvvatlash tizimi bilan jihozlangan. Avtobus bekatga kelganda, maxsus teleskopik raz’yom itarilib chiqib, elektrobusga 2 km yo‘lga yetadigan energiya beradi. Bu masofa bir bekatdan ikkinchisiga yetib olish uchun yetarlidir. Kompaniyada ma’lum qilinishicha, bu arzon yechimdir. U uchun infratuzilma oson yaratiladi. Elektrobus jamoat transportining istalgan boshqa turidan xizmat ko‘rsatishda samaraliroq bo‘lishi va’da qilinmoqda.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Singapurda 20 soniyada quvvatlanuvchi elektrobus ishlab chiqarildi