Jahondagi eng mashhur saytga google.com qidiruv tizimi aylandi. Bu haqda Similar Web tahlil kompaniyasi hisobotida aytiladi.
Ta’kidlanishicha, saytlarni baholashda unikal foydalanuvchilar soni hisobga olindi. Bundan tashqari, shaxsiy kompyuterlar va mobil qurilmalardan kirishlar ham alohida hisoblandi.
Natijada jahondagi eng ommabop sayt google.com’ning unikal foydalanuvchilari soni – 26 milliard 697 million kishi – Yer aholisidan ham ko‘pligi aniqlandi.
Masalan, 2017 yilning dekabrida resursga 733,6 million foydalanuvchi shaxsiy kompyuterlardan, 1,5 milliard kishi esa gadjetlardan kirgan.
Mashhurlik bo‘yicha ikkinchi o‘rinda – Google’ga tegishli bo‘lgan YouTube video-servisi. Unga 22,9 milliard foydalanuvchi kirgan. Uchinchi pog‘onada – Facebook ijtimoiy tarmog‘i (21,9 milliard).
Keyingi o‘rinlardan «Vikipediya», Yahoo, Twitter, Xitoyning Baidu qidiruv tizimi va Instagram joy olgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi