«Google» kompaniyasi o‘z «Android» amaliy tizimi va «Google Play» ilovalar do‘koni imkoniyatlarini yaxshilash yo‘lida doimiy izlanishda, yaqinda joriy etilgan funksiya ham android-smartfonlar sohiblarini quvontirishi aniq. U foydalanuvchini uning smartfoni xotirasida qancha bo‘sh joy qolgani haqida ogoh etadi, deb xabar berdi «Xabar.uz».
Ilgarilari «Google Play»dan ilova yoki o‘yinlar ko‘chirib olish chog‘i ko‘pincha qurilma xotirasida bo‘sh joy yetishmasligi noxush vaziyatga sabab bo‘lardi. Smartfonda bo‘sh joy ochish uchun aksariyat vaziyatlarda sozlamalar bo‘limiga kirish, keraksiz ilovalarni o‘chirib tashlash zarur bo‘lardi. Yangi funksiya ana shu boshog‘riqlarga qarshi eng yaxshi chora sanaladi.
Endi «Google Play» yangilamalar bo‘limida xotirada joy kamligi haqida ogohlantiruvchi yorliq bor. Bu tugma bosilsa foydalanuvchining dasturlari ro‘yxati paydo bo‘ladi, ular kerakliligi bo‘yicha saralanadi, ya’ni eng ko‘p ishlatiladiganlari yuqorida, kam yoki umuman ishlatilmayotganlari quyida aks etadi. Ularning qaysi birini qoldirish yoki o‘chirib yuborish foydalanuvchining o‘z ixtiyorida. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi