Tarmoqda 2018 yilning haqiqiy flagmani, o‘ziga xos tavsiflarga ega «Vivo Xplay7» smartfoni taqdimoti slaydlarining fotosi paydo bo‘ldi, deb xabar berdi «Xabar.uz».
Smartfon yuza qismining 92,9 foizini ekran tashkil qiladi. Displeyi 4K-o‘lchamiga ega. «Xplay7»ga komaniyaning avvalgi smartfoni kabi barmoq skaneri displeyga o‘rnatiladi.
«Xplay7»ning asosiy juft kamerasi 4-karrali optik kattalashtirish bilan suratga olish imkonini beradi. Shuningdek unda «Face Unlock 2.0» — yuzni skanerlash sensori bo‘ladi.
Smartfonning «mag‘zi» bundan-da qiziqroq. U nufuzli «Snapdragon 845» protsessori va 10 GB operativ xotiraga ega. Bunga qadar hech bir smartfon 8 GBdan ortiq OZU'ga ega bo‘lmagan. Shu tarzda «Xplay7» bu borada yaqqol rekordchi bo‘ladi. Model ikki turda chiqariladi: 256 va 512 GB ichki xotirali.
«Xplay7» narxi va qachon sotuvga chiqarilishi sir tutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)