date

Samsung yangi Galaxy S6 smartfonini yanvar oyida taqdim etishi mumkin

Samsung yangi Galaxy S6 smartfonini yanvar oyida taqdim etishi mumkin

Janubiy Koreya nashrlarining ma’lumotlariga ko‘ra Samsung kompaniyasi yangi Galaxy S6 smartfonini yanvar oyida taqdim etishi mumkin. Bu haqda ''Phonearena.com'' saytiga asoslanib ''Parol.uz'' xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya flagman smartfoni Galaxy S5 ni yaxshi sota olmagan va shu bois uning davomchisi deya atalayotgan Galaxy S6 smartfonini kutilgan muddatdan avvalroq taqdim etishni rejalashtirmoqda.

Yangi Samsung Galaxy S6 smartfonida Snapdragon 810 yoki Exynos 7 Octa prosessori, Quad HD displeyi o‘rnatilishi taxmin qilinmoqda. Shu bilan birga yangi Samsung smartfonlari Galaxy Alpha, Note 4 va Galaxy A lineykasidagi gadjetlar kabi yarim-metall korpusli bo‘lishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Samsung yangi Galaxy S6 smartfonini yanvar oyida taqdim etishi mumkin