
To‘rt choraklik betinim o‘sishdan so‘ng noutbuklar bozorida ilk pasayish kuzatildi. Xuddi 2016 yilning shu davridagi kabi 41,5 mln.ta qurilma sotildi, deb ma’lum qildi Xabar nashri.
Biroq yangi yilning birinchi choragida yana jonlanish kutilmoqda. Xrombuklarning chiqarilishi, Xitoy o‘yinlar bozori va korporativ segmentdagi talabning o‘sishi bozorning «jonlantiruvchilari» bo‘ladi.
«Hewlett-Packard» savdosida pasayish kuzatilsa-da yetakchi vendorlikni saqlab qoladi, «Lenovo» esa, aksincha, olti oy qatorasiga tanazzuldan so‘ng o‘z qurilmalari sonini oshiradi. Yetakchi beshlikka, shuningdek, «Apple», «Acer» va «Asustek» kirishi kutilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar