Telefonni kechasi quvvatlantirish mumkin emas, megapikseli katta bo‘lsa — demak kamerasi zo‘r! Bunaqa farazlarni ko‘p eshitgansiz-a? Haqiqatdan ham shundaymi? Quyida shu kabi savollarga aniqlik kiritiladi.
«Mac» kompyuterlari viruslardan himoyalangan
Aha, «Macbook» kompyuterlari o‘ziga xos, viruslar unga zarar yetkaza olmaydi... qandaydir parallel reallikda shundaydir, lekin bizning olamda emas. «Apple» uzoq 2012 yildayoq o‘zining bu marketing «kozeri»dan mahrum bo‘lgan va «Mac»ga ham viruslar yuqayotganini afsus bilan tan olgan.
Inkognito — demak, anonim
Yo‘q. «Inkognito» rejimi anonimlik taqdim etmaydi. Shunchaki brauzer kompyuteringizda tarixni yozmaydi, kiritilgan parollar va boshqa ma’lumotlarni saqlamaydi, xolos.
Tunggi quvvatlash — yomon
Smartfonlarni butun tunga quvvatlashga qo‘yish uning batareyasi umrini bir necha oyga qisqartirish degani...mi? Litiy-ionli akkumulyatorlar quvvatlash maksimumiga yetganida uni to‘xtatish darajasida aqlli. Shuning uchun xotirjam uxlashingiz mumkin.
Kattaroq pikselli smartfon kerak!
Telefon kamerasidan foydalanib, professional fotograf bo‘lishga urinish qanchalik kulguli bo‘lsa, kamerada megapiksel qancha katta bo‘lsa, shuncha yaxshi degan qarashlar ham shunday kulguli.
Datchikning yorug‘likni qanchalik ko‘p qabul qila olishi — mana, fotoning sifatiga nima ta’sir qiladi.
Katta hajm darhol ko‘rinadi
Yaqinda yirik bir kompaniya displey hajmi 2560 ga 1440 pikselli to‘rt yadroli smartfon taqdim etdi. Ko‘pchilik bunday «tiniqlik mo‘’jizasi»ni xarid qilishga oshiqdi, qolganlar esa shunchaki kulib qo‘ya qolishdi. Aslida bir kvadrat dyuymda 300dan ortiq piksel zichligidan ortig‘ini inson ko‘zi hech qanaqasiga farqlay olmaydi. Shu sababli hozir hajm o‘rniga hamma ekran yorug‘ligi va kontrastini takomillashtirishga urinyapti.
«iPhone»ni «iPad» kabeli bilan quvvatlantirish — xato
«Apple» rasman ta’kidlaydiki, «iPad» uchun mo‘ljallangan 12 vattli adapter shu markadagi smartfonlarni quvvatlantirish uchun mos keladi. Mustaqil tadqiqotchilar esa, bu «iPhone»ni batareyalarini zo‘riqtirishi mumkin deb hisoblaydi.
To‘g‘ri, buni sezish uchun bir yil davomida doimiy ravishda «noto‘g‘ri» quvvatlantirish talab qilinadi. Bu afsona to‘g‘rimi-yo‘qmi, buncha vaqt ichida aniqlashdan ko‘ra, smartfonni yo‘qotib qo‘yish ehtimoli ko‘proq.
«Uxlovchi» rejim — bu me’yor
To‘laqonli uxlovchi tartib faqatgina insonda bo‘lishi mumkin, uyquda odam haqiqatda dam oladi. Kompyuter esa bu rejimda ishlashda davom etadi. «Uxlovchi» rejimdan noutbukni ishga tushirish tezroq. Lekin uni kechasi o‘chirib qo‘yish mumkinku! Qurilmani yaqin orada almashtirishni niyat qilmagan bo‘lsangiz, albatta.
To‘liq quvvatsizlanishi kerak
Telefon quvvati haqida keng tarqalgan afsonalardan yana biri — uni zaryadga ulashdan avval u to‘liq quvvatsizlanishi kerak. Aksincha, buning g‘irt teskarisi. Chunki akkumulyatorlar cheklangan qayta quvvatlanish sikliga ega. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi