06:27 / 12.02.2018
4 212

Google Chrome’dagi hoziroq o‘chirib qo‘yish kerak bo‘lgan muhim sozlama

Google Chrome’dagi hoziroq o‘chirib qo‘yish kerak bo‘lgan muhim sozlama
Butun dunyo bo‘yicha eng keng foydalanilayotgan brauzer Google Chrome hisoblanadi. Uning qulayliklari va raqobatchilaridan ustunliklari ko‘p, ammo foydalanuvchilar foydasiga ishlamaydigan jihatlari ham bor.

2011 yili ushbu dasturga kengaytmalar va ilovalarning fon rejimida ishlashiga imkon beruvchi yangi funksiya qo‘shilgan. Aslida bunda yaxshi niyat ko‘zda tutilgan – uning evaziga foydalanuvchilar brauzerni yopgandan keyin ham uning ilovalari va kengaytmalaridan bildirishnomalar olib turadilar.

Ammo Google’dagilar bu funksiya ko‘pchilikka kerak emasligini o‘shanda ham o‘ylashmagan, keyin ham uni olib tashlashmagan. Chrome’ni yopish tugmachasini bosar ekan, kishilar uning butunlay o‘chirilganiga ishonishadi, aslida esa brauzerning ko‘plab jarayonlari fon rejimida o‘z ishini davom ettirib turaveradi. Bu esa kompyuterning samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, shuningdek, internet-trafikning bekor sarflanishiga ham olib keladi. Brauzerda qanchalik ko‘p kengaytma o‘rnatilgan bo‘lsa, uning kompyuterga soladigan «yuk»i ham shuncha «og‘ir» bo‘ladi.

Google Chrome’ni yopgandan keyin kengaytmalarning ishlashda davom etishini ta’minlovchi funksiya boshang‘ich sozlamalarga ko‘ra faol holatda bo‘ladi. Uni o‘chirib qo‘yish esa quyidagicha amalga oshiriladi.

1-qadam. Brauzerning yuqori o‘ng burchagidagi – tikka joylashgan uchta nuqta shaklidagi tugmachani bosib, parametrlar menyusini chiqaring va «Sozlamalar» («Nastroyki») bandini tanlang.

2-qadam. Sozlamalar sahifasining eng pastidagi «Qo‘shimchalari», ya’ni «Dopolnitelnыe» tugmachasini bosing.

3-qadam. Yana sahifaning eng pastigacha tushib boring va «Ne otklyuchat rabotayuщiye v fonovom rejime servisы pri zakrыtii brauzera» pereklyuchatelini nofaol holatga o‘tkazib qo‘ying. Nomidan ham anglaganingizdek, bu – brauzer yopilganidan keyin uning ayrim servislari fon rejimida ishlashiga imkon beruvchi funksiyadir.

Bo‘ldi! Endi, keyingi gal Google Chrome brauzerini yopganingizda, u butunlay yopiladi va kompyuteringiz (noutbukingiz)ning tizimi resurslarini sarflamaydi. Bu esa internet-trafigingizning ham bekorga sarflanishining oldini oladi, natijada vaqtingiz, asabingiz va... mablag‘ingiz ham tejaladi.

Manba: Terabayt.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Google Chrome’dagi hoziroq o‘chirib qo‘yish kerak bo‘lgan muhim sozlama