02:00 / 13.02.2018
5 527

O‘zbekiston va Qozog‘iston yagona axborot maydoni yaratishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston va Qozog‘iston yagona axborot maydoni yaratishni rejalashtirmoqda
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi Alisher Xadjayev Qozog‘istonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yerik Utembayev bilan uchrashdi. Muloqot chog‘ida ikki mamlakatning axborot sohasidagi o‘zaro hamkorligi bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilindi, deb xabar qildi "Xalq so‘zi" nashri "Kazinform" axborot agentligi xabari asosida.

Unda imzolangan shartnomalar, kelishuvlar va maslahatlashuvlar asosida, shuningdek, ikki davlat hududida teleradiodasturlarni erkin almashish va tarqatish yo‘li bilan yagona axborot maydonini yaratish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

"Bugungi uchrashuvda axborot maydoni sohasidagi aloqalar masalalari muhokama qilindi, — deydi Ye.Utembayev. — Natijada teleradiouzatish jabhasida ikkitomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan "yo‘l xaritasi"ni tuzish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Mazkur "yo‘l xaritasi" ham Qozog‘istonda, ham O‘zbekistonda ro‘y berayotgan ijobiy jarayonlarni ko‘rsatish imkonini beradigan qo‘shma ilmiy va ta’lim, ayni chog‘da axborot dasturlarini yaratishga xizmat qiladi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston bilan birgalikda qo‘shma radio tuzish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi. Aslida bu biz uchun juda yaqin va samarali hisoblanadi, qolaversa, umumiy auditoriya topishda muhim ahamiyatga ega".

U har ikki davlat iqtisodiyotini raqamlashtirish uchun axborot makonida yaqindan integratsiyani yo‘lga qo‘yish va o‘zaro qo‘shma texnologiyalarni yaratishi muhimligi haqida ham to‘xtalib o‘tildi.

MTRK raisi axborot maydonida hamkorlik qilish va birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan Markaziy Osiyoda o‘ziga xos keskin o‘sish namoyish etish orqali mustahkam aloqalar bo‘yicha barchaga namuna ko‘rsatishga tayyor ekanligini bildirdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekiston va Qozog‘iston yagona axborot maydoni yaratishni rejalashtirmoqda