Google kompaniyasi taqdim etib kelayotgan mobil operatsion tizimning navbatdagi – Android 9.0 talqini yaqin orada taqdim etilishi kerak. Uning qanday nomlanishi borasida esa turli variantlar aytilmoqda, deb yozadi “Terabayt” sayti.
Operatsion tizimning Android 9.0 talqini nomi borasida taxmin qilingan variantlar orasida quyidagilar ham mavjud: Petit Four, Pound Cake, Pastille, Popsicle, Pancake, Puff Pastry, Pecan Pie, Pumpkin Pie, Peanut, Pistachio va hokazo.
Joriy yilning yanvarida ma’lum bo‘lishicha, Android’ning chiqish kodida operatsion tizimning navbatdagi talqini Android Pi deya atalayotgan edi. Ushbu tizim hamisha turli shirinliklar nomi bilan atalib kelayotganini hisobga olib, uning “pirog” – “Pie” deya nomlanishini taxmin qilishgandi.
Endi esa, vaziyatdan yaxshi xabardor manbalarning ta’kidlashlaricha, Android 9.0 talqinini pistali muzqaymoq sharafiga nomlashyapti ekan. Ya’ni, mazkur mobil operatsion tizimning to‘qqizinchi talqini “Pistachio Ice Cream” deb ataladi.
Ta’kidlab o‘tish kerakki, oldindan taxmin qilingan kodli nom hamisha ham yakuniysi bilan bir xil chiqavermaydi. Masalan, dastlab Android Key Lime Pie deb atalgan talqin Android KitKat nomi bilan taqdim etilgan.
Manbalarning ma’lum qilishlaricha, Android 9.0 smartfon va planshetlarning avtonomligini yuksaltiradi va yangi dizaynga ega. Xususan, bir necha ekranli hamda egiluvchan displeyli qurilmalarga ham moslanadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...