Android boshqaruvi ostidagi smartfonlar dunyo bo‘ylab keng tarqalgan esa-da, mazkur operatsion tizimning taqdim etuvchisi – Google kompaniyasining o‘z telefonlari uncha ommalashmayapti.
Marketing tadqiqotlari bo‘yicha jahonda yetakchi IDC kompaniyasi yaqinda 2017 yilgi telefon bozori bilan bog‘liq tadqiqotlari natijalarini e’lon qildi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘tgan yili Google Pixel smartfonlaridan 3.9 million dona sotilgan, bu esa 2016 yilgidan ikki barobarga ko‘pdir.
Lekin qizig‘i – bultur qayta taqdim etilgan Nokia 3310 (2017) modeli juda yaxshi sotilgan – dunyo bo‘yicha 59.2 millionta! Mazkur tugmachali telefon shu tomoni bilan Google Pixel’dan oldinga o‘tib ketgan.
Aytish kerakki, 2017 yili smartfonlar bozorida Apple yetakchilik qilayotir – u 77.3 millionta iPhone sotgan. Ikkinchi o‘rindagi Samsung bozorga 74.1 dona telefon yetkazib bergan bo‘lsa, kuchli uchlikni 41 millionta smartfon sotgan Huawei band etgan.
Manba: Terabayt.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...