2017 yil yanvar oyi holatiga ko‘ra, O‘zbekiston «Telegram» foydalanuvchilari soni bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘ringa chiqdi. Ro‘yxatda Eron va Malayziya yetakchilik qilmoqda, deb xabar berdi «Xabar» nashri.
Xabarda aytilishicha, 2017 yil yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston «Telegram» foydalanuvchilari soni bo‘yicha yuqori uchlikka kirgan.
O‘zbekistonda hattoki qator davlat tuzilmalari ham o‘z xizmatlarini «Telegram»da taqdim etmoqda, deyiladi maqolada. Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligining @mehnatbot, Ichki ishlar vazirligi va Toshkent Ichki ishlar bosh boshqarmasining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarida foydalaniladigan blanklarni olish imkonini beruvchi @PassportInfoUz_Bot botlari tilga olingan. Shuningdek, mamlakat prezidentining siyosiy hayoti haqidagi yangiliklarni tezkorlik bilan taqdim etuvchi respublika rahbarining rasmiy kanali ham alohida qayd etildi.
Bloger xususiy sektorga aloqador ommabop bot va kanallarni ham sanab o‘tgan.
«O‘zbekistonning biznes-amaliyotida hujjatlar — shartnomalar, prayslar, tijoriy takliflar, anketalarni «Telegram» orqali yuborish allaqachon odatiy holga aylangan», — deb yozadi bloger. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin