12:30 / 18.02.2018
8 709

Kosmosdan kelgan xabar olimlarni tashvishga solmoqda

Kosmosdan kelgan xabar olimlarni tashvishga solmoqda
AQShning Gavayi universiteti olimi Jon Lerned Germaniyaning Zonneberg observatoriyasi olimi Maykl Xippke insoniyatni Yerdan tashqari sivilizatsiyalar bilan hali ochilmagan aloqalardan ogohlantirdi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Olimlarning ta’kidlashicha, kosmosdan kelayotgan xabarlarni aks ettirish va ularni ochish uchun kompyuterlardan foydalanish kerak bo‘ladi, biroq bu xabarlar zararli bo‘lishi va insoniyat ularni zararsizlantira olmasligi mumkin. Shuning uchun insoniyatga nisbatan xavfning oldini olish uchun o‘zga sayyoralardan keladigan xabarlar ularni o‘qishga urinishlarsiz darhol yo‘q qilinishi kerak.

Olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra, o‘zga sayyoralardan keladigan xabarlar katta ehtimol bilan zararli bo‘ladi. Qrimdagi RT-70 radioteleskopida qabul qilingan «Kosmik chaqiruvlar» nisbatan ishonchli hisoblanadi. Bu xabar rasm shaklida ochiladigan ikkilik belgilardan iborat. Agar xabar keyingi tahlil uchun qog‘ozga chop etilsa, unda ifodalangan ma’nogina xavf uyg‘otishi mumkin, biroq u kompyuterda ishlatilsa, jiddiy xavfni yuzaga keltirish ehtimoli mavjud.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Kosmosdan kelgan xabar olimlarni tashvishga solmoqda