Samsung kompaniyasi 26 fevralda yangi smartfonlari Galaxy S9 va Galaxy S9+’ni taqdim qildi. Taqdimot Barselonada Xalqaro mobil kongressda yuz berdi.
Gadjetlar dizayni avvalgi avloddagi smartfonlardan orqa panelidagi elementlari vertikal joylashgani bilangina farq qiladi. Barmoq izlari skaneri kameri moduli ostida joylashgan, bu esa obyektivning ifloslanishi muammosini hal qiladi.
S9 va S9+ displeylari mos ravishda 5,8 va 6,2 dyuymni, maksimal sifati Quad HD+ (1440 x 2880 piksel)ni tashkil qiladi. Telefonlarda 4 Gbddan 6 Gbgacha tezkor xotira o‘rnatilgan, doimoy xotirasi esa 64 Gbni tashkil qiladi. Shuningdek, microSD kartasi uchun joy bor.
S9 smartfoni 12 megapikselli sensor bilan ta’minlangan, S9+ esa 12 megapikselli ikkita yonma-yon kamera olgan. Kameralar soniyasiga 960 ta kadr tezlik bilan suratga oladi.
Qurilmalar biometrik shasxni o‘rnatishning uch usulini qo‘llab-quvvatlaydi, bular: ko‘z pardasi, barmoq izi yoki yuzni tanish funksiyasi yordamida. Smartfonlar shuningdek Dedicated Fingerprint funksiyasi bilan jihozlangan. Bu funksiya bir barmoq izini smartfonni ochishda, boshqasini himoyalangan papkaga kirishda qo‘llash imkonini beradi.
Modellarning “qalbidan” Qualcomm Snapdragon 845 protsessori joy olgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi