00:04 / 27.02.2018
4 620

Taniqli brend ham arzon “iPhone X” ishlab chiqardi

Таниқли бренд ҳам арзон "iPhone X" ишлаб чиқарди
Bir necha kun avval Xitoyda Orro R13 hamda R13 Plus smartfon modellarining taqdim qilinishi yuzasidan xabarlar tarqatilgan edi. Bugun esa xitoylik Orro brendi bu ma’lumotlarga nuqta qo‘ydi. Boisi, bu modellarning nomlari “Oppo R15” va “R15 Plus” deb o‘zgartirildi.

Orro brendi “ijodi”ga mansub yangi modellar aks etgan suratlar internet tarmog‘ida tarqaldi. Kompaniya muhandislari yangi model ustida bosh qotirib o‘tirishmagan va iPhone X flagmanining dizaynini o‘zlashtirib qo‘ya qolishgan.

Oppo R15 dizayn masalasida har jihatdan iPhone X'ga o‘xshab ketadi. Uning apparat ta’minoti uchun 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 670 protsessor o‘rnatilgan. Smartfon Quick Charge 4 tezkor quvvatlash texnologiyasiga ega bo‘lgani ham o‘ziga xos jihatlaridan biridir.

Oppo R15 modelining metalldan ishlangan orqa paneli firmaning boshqa smartfonlaridan deyarli farq qilmaydi. Bosh kamera qo‘sh sensorli.


Oppo R15 savdoga $550 dollar narxida chiqariladi. Smartfon qadoqdayoq Android 8.0 Oreo tizimi boshqaruvida faoliyat ko‘rsatadi.

Xitoyning Oppo brendi hozircha iPhone X hamda boshqa taniqli smartfon ishlab chiqaruvchilarining modellarining nusxasini yaratish bilan band.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Taniqli brend ham arzon “iPhone X” ishlab chiqardi