Samsung Gear VR virtual voqelik shlemi sotuvga chiqdi

Uzoq kutilganidan so‘ng, nihoyat, Samsung Gear VR shlemi savdosi boshlandi, oldindan buyurtma berish ham mumkin. Eng avval uni AQShga keltirishdi, chunki virtual voqelik ishtiyoqmandlari amerikaliklar orasida ko‘pligini rasmiy statistika ham tasdiqlaydi. Ikki kun o‘tib Evropa do‘konlariga chiqishi kutiladi, deb yoщmoqda Terabayt.uz.
Amerikada bu shlem narxi 100 dollar turadi. Samsung Gear VR shlemi Oculus kompaniyasi bilan hamkorlikda tayyorlangan. Oculus tavsiya va maslahatlari, tajribasi shlemning mukammal yaratilishida qo‘l keldi.
Yangi shlem Samsung Gear VR Innovation Edition shlemi negizida yaratilgan bo‘lib, avvalgi versiyadan 22 foizga yengil va maxsus porolon qistirmalari hisobiga qulaylashgan. Ta’kidlash kerakki, shlem hamma uchun emas, dasturiy ta’minot yaratuvchilar uchun ishlab chiqarilgan. Samsung Gear VR ustida astoydil ishlangani seziladi, unga o‘rnatilgan tachpad (sensor panel) ham takomillashtirilgan. Shlemni Samsungning Galaxy Note 5, Galaxy S6 edge+, S6 va S6 edge smartfonlari bilan ishlatsa bo‘ladi. Shlemga o‘rnatilgan giroskop, akselerometr va yaqinlashuv datchigini qo‘shib hisoblaganda umumiy vazni 320 gr. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing