“Speedtest Global Index” ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda internet tezligi oshgan.
“Xabar.uz”ning ma’lum qilishicha, “Speedtest.net” internet servisi an’anaviy “Speedtest Global Index” reytingini e’lon qilgan. Unda 2018 yil fevral yakunlari bo‘yicha dunyodagi simli va simsiz internet tezligi ma’lumotlari joy olgan.
O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha yanvar oyidagi ko‘rsatkichini bir pog‘onaga yaxshiladi va 120-o‘ringa (6,56 Mbit/s) ko‘tarilib oldi.
Simli internet reytingida esa O‘zbekiston avvalgi oyga nisbatan ikki o‘ringa yuqorilab, 124-pog‘onani (6,39 Mbit/s) band etgan.
Reytingda mobil internet tezligi bo‘yicha Norvegiya (62,07 mbit/s), simli internet tezligi bo‘yicha esa Singapur (161,53 mbit/s) yetakchilik qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi