Internet yaratilganiga 29 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan uning yaratuvchisi Tim Berners-Li Internetning hozirgi holati haqida o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.
Internetning zamonaviy holati olimni dahshatga solmoqda. Tarmoq yaratuvchisini ko‘proq unda Google va Facebook kabi monopolit-kompaniyalarning paydo bo‘lgani xavotirga solyapti. Ular o‘ziga xos darvoza qorovuliga o‘xshab qoldi – aynan shu firmalar odamlarga nima ko‘rsatishni, Tarmoq foydalanuvchilariga qanday qarashlar va g‘oyalar bilan tanishishi mumkin ekanini hal qilmoqda.
Timning ishonch bildirishicha, bu kompaniyalar o‘z raqiblari uchun deyarli aylanib o‘tish imkonsiz bo‘lgan to‘siqlar qo‘yib, raqobatni o‘ldirmoqda. Aynan shunday yirik kompaniyalar hozirda sohadagi barcha iste’dodli shaxslarni yollamoqda, shuningdek, innovatsion texnologiyalarni xarid qilib, ularning yagona egasiga aylanmoqda. Bu kelayotgan yigirma yil avvalgisidan ancha past sur’atda kechishi mumkin ekanidan dalolat beradi.
Shu bilan birga, Tarmoq yaratuvchisining fikricha, agarda Internet biroz bo‘lsa ham nomarkazlashgan bo‘lganida, AQSh siyosatiga axborot manipulyatsiyalari yordamida ta’sir ko‘rsatish ancha qiyin bo‘lardi. Bu masalada yirik kompaniyalar tomonidan yordam taqdim etilishini kutish kerak emas, sababi ular boshidan jamiyatda farovonlikni oshirishga emas, balki daromadni ko‘paytirish maqsadida yaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, Tim Berners-Li britaniyalik taniqli olim bo‘lib, Internet yaratuvchilaridan biri sanaladi. Hozirda u Internet uchun standartlarni ishlab chiqish va tatbiq etish bilan shug‘ullanuvchi Butunjahon o‘rgimchak to‘ri konsorsiumiga rahbarlik qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin