Foto: «Hi-News»
Ko‘plab ekspertlarning ma’lum qilishicha, agarda asalarilarning populyatsiyasi hozirgidek kamayishni boshlasa, 15—20 yildan so‘ng ular butunlay qirilib ketadi. Asalarilarning qirilishi — asalning yo‘qolib ketishi demakdir. Bundan tashqari yuzlab turdagi o‘simliklar, uning ortidan butun boshli ekotizim yo‘qolib ketadi.
Shu sabab AQShdagi yirik gipermarketlar tarmog‘i — «Walmart» sun’iy asalarilarni yaratishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi «Xabar.uz».
Kelajak qurilmalarining nomi — «Changlovchi dronlar» bo‘lib, ular asalarilarning deyarli barcha funksiyalarini bajaradi. Ushbu dronlarning asosiy vazifalaridan biri — changlanishi kerak bo‘lgan o‘simliklarni aniqlashdan iborat.
Asalari dronlar esa sensorlar, datchiklar va kameralar yordamida changlanadigan gullarni aniqlash bilan shug‘ullanadi. Ular cheklangan hudud bo‘ylab uchib, chang yig‘adi. Shuningdek, ular bilan birga zararli o‘simliklarni aniqlovchi va ularni yo‘q qiluvchi arilar ham ishlaydi. «Walmart» vakillari o‘zlarining ushbu qurilmasini patentlash uchun ariza topshirgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi