AQShning IBM kompaniyasi IBM Think 2018 anjumanida mitti kompyuterni taqdim qildi. Bu kompyuterni ko‘rish uchun mikroskop kerak bo‘ladi, deb xabar bermoqda Kun.uz.
Kompaniya vakillarining aytishicha, kompyuter o‘lchami tuz kristali yoki burgadek keladi. Qurilmaning platasi x86 hisoblash chipida qurilgan, u o‘z ichiga “bir necha yuz ming tranzistor”ni olgan. Mikrokompyuterning tannarxi 10 sentdan kamroqni tashkil qiladi.
Bunday qurilma, albatta, unumdorligi bilan maqtana olmaydi, biroq “buyumlar interneti” segmentiga (aqlli muzlatgichlar, chiroqlar va boshqalar) asqatishi mumkin. Shuningdek, qurilma blokcheyn negizida ishlashi kerak bo‘ladi. IBM’ning tadqiqotlar bo‘limi rahbari Arvind Krishenning aytishicha, yaqin 5 yilda bunday kompyuterlar ommaviy ravishda maishiy texnikaga o‘rnatiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi