23:38 / 20.03.2018
3 895

«Facebook» va «Google» ortidan «Twitter» ham kriptovalyutalarni bloklashni boshladi

«Facebook» va «Google» ortidan «Twitter» ham kriptovalyutalarni bloklashni boshladi
Foto: «Novoye Vremya»
«Twitter» ijtimoiy tarmog‘i ham xuddi «Facebook» va «Google» kabi kriptovalyutalar hamda ularga bog‘liq har qanday vositalarning reklamasiga taqiqni joriy etadi, deb xabar berdi «Xabar.uz».

Ma’lumotlarga ko‘ra, «Twitter» yangi qoidalar orqali butun dunyo bo‘ylab «ICO»ni, tokenlar savdosini va kriptovalyutalar hamyoni reklamasini bloklaydi. Bundan tashqari taqiqqa kriptovalyutalar almashish operatsiyalarini reklama qiluvchilar ham tushadi, ayrimlariga istisno bo‘lishi mumkin. O‘zgartirish yaqin ikki hafta ichida kuchga kiradi.

Kriptovalyutalarga yaqinda qo‘yilgan taqiq ancha kutilgan qadam bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, mart oyining boshida «Twitter» kriptovalyuta skamerlariga qarshi kurashishni e’lon qilgandi va ijtimoiy tarmoqda mashhur shaxslar nomi ostida kriptovalyuta taqdim etayotgan barcha firibgar akkauntlarni o‘chirib tashlashga va’da bergan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » «Facebook» va «Google» ortidan «Twitter» ham kriptovalyutalarni bloklashni boshladi