Toshkentda dunyodagi eng ingichka planshet — Samsung Galaxy Tab S2 3 mln so‘mdan sotila boshladi

Toshkentda dunyodagi eng ingichka planshet — Samsung Galaxy Tab S2 3 mln so‘mdan sotila boshladi
O‘zbekistonda ayni paytda dunyodagi eng ingichka planshetSamsung Galaxy Tab S2 sotuvga chiqdi, deya xabar bermoqda «Mobinfo.uz». 2015 yil yozida ikki xil versiyada taqdim etilgan qurilmaning qalinligi bor-yo‘g‘i 5,6 millimetrni tashkil etadi.
Тошкентда дунёдаги энг ингичка планшет — Samsung Galaxy Tab S2 3 млн сўмдан сотила бошлади
Galaxy Tab S2 9.7 va Galaxy Tab S2 8.0 tegishli ravishda 9,7 va 8 dyuymli hamda 2048×1536 pikselli displeylarga ega. Shuningdek, ular sakkiz yadroli firma protsessori, 3 Gb tezkor va 32/64 Gb doimiy xotira (+microSD), 8 megapikselli asosiy va 2,1 megapikselli old kamera bilan jihozlangan.

Galaxy Tab S2 9.7 169×237×5,6 mm, Galaxy Tab S2 8.0 esa 134,8×198,6×5,6 mm o‘lchamlarga ega.

Toshkentdagi mobil texnika bozorlarida Galaxy Tab S2 (9,7 dyuymlisi) taxminan 3 million so‘mga taklif qilinmoqda.

Qurilmani ko‘rsatilgan narxda sotib olishga «Zamin» nashri kafolat bermaydi. Qurilma va uning narxi haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan.

Manba: Daryo.uz
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar